Texnikum yangiliklari
"OʻQUVCHILAR
KINO KUNI
Kattaqo'rg'on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Oʻquvchilar kino kunlari” doirasida “Ibrat" filmi namoyish etildi. Ushbu film o‘quvchilarda Vatanga sadoqat, ajdodlarimizga hurmat, vatan taraqqiyotiga daxldorlik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Film nomoyishi o‘quvchilarda chuqur tassurot qoldirdi hamda ularni ajdodlarimiz merosini o‘rganishga mas’uliyat bilan yondashishga undadi.
Texnikum yangiliklari
“GIYOHVANDLIK va OITS – ASR VABOSI
Kattaqo'rg'on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Giyohvandlik va OITS – asr vabosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida o‘quvchilarga texnikum psixologi S.Ashirbayeva yuqoridagi illatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o’tdi. O‘quvchilarning mavzu yuzasidan bilimlarini oshirish va sog‘lom turmush madaniyatini shakllantirish maqsadida videorolik namoyish etildi.
Texnikum yangiliklari
Tayyorladi: Bo'lim boshlig'i Husanov S. Q.
Joriy yilning 16 yanvar kuni o'quvchilar turar joyida yashovchi o'quvchilarning yashash shart sharoitlari, ularning muommo va takliflari birinchi bosqich bo'lim mudiri S. Husanov hamda barcha birinchi bosqich guruh rahbarlari tomonidan har bitta honalar kesimida o'rganildi. Suhbat davomida o'quvchilarga yurtboshimiz tomonidan yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, bu imkoniyatlardan unumli foydalanish, Yotoqxona ichki tartibi qoidalari va bu qoidalarga qat’iy amal qilishlari, ko'proq kitob o'qishlari hamda chet tilini mukammal o'rganishlari yuzasidan o'quvchilarga tushuntirish ishlari olib borildi.
Texnikum yangiliklari
O'QUVCHILAR MUROJAATI DIREKTOR NAZORATIDA
Tayyorladi: Bo'lim boshlig'i Husanov S. Q.
Kattaqo'rg'on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori X.Shukurov I-bosqich o'quvchilari bilan uchrashib, bevosita muloqot o'tkazdi.
Texnikum direktori o'quvchi yoshlarga muloqot davomida bugun ta'lim sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan e'tibor, iqtidorli o'quvchi-yoshlarni qo'llab-quvvatlashga doir islohotlar, mamlakatimizda malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyoj to'g'risida o'quvchilarga ma'lumot berdi.
Kattaqo'rg'on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida olib borilayotgan o'quv, ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishlardagi faoliyat hamda bunga o'quvchilarning munosabati, taklif va murojaatlariga quloq tutildi.
Har bir taklif va murojaat mohiyati hamda me'yoriy asoslariga ko'ra o'z o'rnida qanoatlantirildi.
Uchrashuv sõngida õquv yili davomida odob axloqi, jamoat ishlarida faol ishtiroki va bilimi bilan ajralib turgan õquvchi yoshlar texnikum direktori tomonidan taqdirlandi.
Texnikum yangiliklari
Biz bilan aloqa o'rnating
Manzil: O'zbekiston,
Samarqand viloyati,
Kattaqo'rg'on shahri,
Umar Hayyom kuchasi 221 uy

Pochta indeksi: 140800

Phone: +998 8366 456-05-26

Fax: (0366) 456-6-05-26

Email: kattakurgantibbiyottexnikumi@gmail.com
Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi ma'lumotlardan foydalanish muallif ruxsatisiz ta'qiqlanadi.
Made on
Tilda